Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida insonlar ölimi bilan boğliq mudhiş YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Manbaga köra, YTH 21 aprel kuni soat 16:30lar atrofida tumanning Padang qişloği hududida sodir bölgan. Dam olişga borganlarni olib ketayotgan Damas maşinasi haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida jarlikka tuşib ketgan. Maşinada 9 kişi bölgan.

YTH oqibatida 6 kişi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok bölgan bolalarning bittasi 14 yoşli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoşli qizlar. 

Şuningdek, 1981 va 1985 yillarda tuğilgan ikki ayol hamda 1974 yilda tuğilgan erkak oğir jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli qanday ekanligi ma’lum emas.

YTH yuzasidan hozirça rasmiy axborot berilgani yöq.