Birinçi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan uçraşdi.
«Men 10 iyul kuni Moskva va Moskva oblastiga safarimiz taşkillaştirilgani, juda mazmunli dastur uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. Biz axborot texnologiyalari, markirovkalaş, soliq sohalarida hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oldik. Mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Bizdagi ma'lumotlarga köra, yetti oy içida uning hajmi ötgan yilgi körsatkiçdan 15 foizga köp. Yil oxiriga kelib u 6 milliard dollardan oşadi, deb umid qilamiz», - dedi Aripov.
Aripovning ta'kidlaşiça, yaqinda Rossiya Federatsiyasi hukumati taşabbusi bilan qişloq xöjaligi mahsulotlari importi uçun QQSning yangi körsatkiçi qabul qilindi. Boş vazir özbekistonlik qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar bundan foydalanişi hamda Rossiya bozoriga eng sifatli va foydali mahsulotlarni yetkazib berişiga umid bildirdi.
«Abdulla Niğmatoviç, sizni yana bir bor samimiy qutlayman. Bu yil biz siz bilan tez-tez uçraşyapmiz. Bu Rossiya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni barqaror rivojlantiriş garovidir. Siz yaqinda Moskvada böldingiz. Bugungi tadbir nafaqat forumga tegişli mavzularni, balki ikki tomonlama hamkorlikni, prezidentlar va hukumatlar darajasida qabul qilingan bir qator qarorlarni amalga oşirişni muhokama etiş imkoniyatini beradi», – dedi Medvedev.
Bundan oldin, Abdulla Aripov Turkmanistonga taşrif buyurgani xabar berilgandi.

















