Özbekiston prezidenti “Davlat xizmatlari körsatişni soddalaştiriş, byurokratik tösiqlarni qisqartiriş hamda davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” farmon imzoladi.

Farmonga binoan, 2022 yil 1 avgustdan boşlab davlat xizmatlarini körsatişda şaxsni identifikatsiyalaş uçun mobil-ID tizimi joriy etiladi.

Mobil-ID tizimi –“Elektron hukumat” tizimida şaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalaşni nazarda tutadi.

Fuqaro mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan ötiş uçun:

  • DXM yoki notarial idoraga murojaat qilsa: şaxsini tasdiqlovçi hujjatning aslini taqdim etişi lozim. Şundan söng uning yuzi rasmga tuşiriladi, barmoq izi olinadi va telefon raqami YaIDXPdagi şaxsiy kabinetga boğlanadi.
  • YaIDXPning mobil ilovasidan foydalansa: masofadan biometrik identifikatsiyalaş (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qöllaniladi hamda mobil telefon raqami YaIDXPdagi şaxsiy kabinetga bepul boğlanadi.

DXMlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qiliş 2022 yil 31 dekabrga qadar tekin böladi. 2023 yil 1 yanvardan boşlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik tölov undirilgan holda amalga oşiriladi.

Mobil-ID tizimi foydalanuvçilari elektron raqamli imzoni qöllamagan holda barça davlat xizmatlaridan foydalanişi mumkin (moliyaviy xizmatlar bundan mustasno).

Fuqaroning YaIDXPdagi şaxsiy kabinetiga yuboriladigan barça xabarnomalar uning xohişiga köra va belgilangan tölovlar asosida mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar şaklida yuboriladi.