Internet “Farğonada sanoat korxonalaridan gaz uzib qöyilişi natijasida 10 minglab aholi işsiz qolmoqda, ular gaz ulab berilişini sörab, köçaga çiqişmoqda” sarlavhali videoxabar Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.
Özbekiston tumani Şörsuv MFYdagi “Şörsuv” sanoat zonasida joylaşgan “Albus” gips işlab çiqaruvçi zavod tabiiy gazdan uzilgani sababli, zavodda işlovçi işçilar videomurojaat orqali öz e’tirozlarini bildirişgan.
Viloyat IIB axborotiga köra, respublika böylab havo haroratining pasayişi va energiya taqçilligi munosabati bilan sanoat korxonalariga gaz yetkazib beriş qat’iy çeklangan.
Bu çoralar qatorida Şörsuv şaharçasidagi “Albus Cement Group” zavodidan taşqari, mazkur hududdagi “Turon Eko Tsement”, “Turon PFK”, “Şaffofsement sanoat”, “Quriliş aşyo sifat” MÇJlarga qaraşli işlab çiqariş korxonalari ham Vazirlar Mahkamasining tegişli bayonnomasiga asosan 2022 yil 27 noyabr kuni tabiiy gaz tarmoğidan muhrlaş yöli bilan uzilgan. Gazni uziş yuzasidan asoslar mazkur zavod va gaz yetkazib beruvçi korxona örtasida tuzilgan şartnomada ham körsatilgan.
Ma’lum bölişiça, 29 noyabr kuni tuman gaz idorasi mas’ul xodimlari tomonidan “ALBUS” zavodiga ulangan gaz tarmoği tekşirilganda, bu zavod özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga qayta noqonuniy ulanib olgani aniqlangan va dalolatnoma tuzilib, gaz quvuridan yana bir bor kesib qöyilgan.
“Yuzaga kelgan obektiv murakkab şaroitni töğri tuşungan holda “Albus Cement Group” dan taşqari boşqa yuqoridagi korxonalar muqobil yoqilği (kömir)ga ötişgan.
Şunday bölsa-da, gaz yetkazib berişdagi obektiv holatdan zavod direktori, boşqaruvçilarning ham töliq xabari bölib turib, 6 dekabr kuni zavod iş yurituvçisi A.T. va 20 ga yaqin işçilari zavod faoliyati töxtaganidan noroziligini bildiriş uçun oldindan qilingan reja va taklif qilingan uçinçi şaxslar iştirokida namoyiş taşkillaştirilgan.
Uşbu namoyişda xodimlar kelişuvga köra atayin ehtirosli sözlar, çalğituvçi gaplar va keskinlik yordamida, şuningdek haqiqatga töğri kelmaydigan axborotlar orqali öz murojaatlarini yetkazişgan va videomurojaat oldindan uşbu holatni tasvirga olişga taklif qilingan insonlar iştirokida Telegram-tarmoğidagi “Olimjon Haydarov” kanalida e’lon qilingan”, – deyiladi IIB axborotida.
IIB yuqoridagi harakatlarni “fuqarolarning osoyiştaligini buzişda ifodalangan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik” va “namoyişlar ötkaziş tartibini buziş” deb huquqiy kvalifikatsiya qilgan.

















