Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oktabrda Bryusselga tashrif buyurishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yil Bryusselga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Dushanba kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak O‘zbekiston hukumatida bankning respublikadagi loyihalar uchun dastlabki kreditlarini ajratish masalasini muhokama qildi.
«Ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktabr oyida Bryusselga amalga oshiriladigan tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan Vasil Xudak.
Xudakning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ushbu loyihalarning aniq jihatlari bo‘yicha bir qarorga kelgan.
O‘zbekiston hukumati Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikni O‘zbekiston iqtisodiyotiga Yevropa investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyat deb biladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki va O‘zbekiston 2017 yil oktabr oyida mamlakatda bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovchi hadli bitimni imzolagan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026