Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin - Toshkent shahar IIBB
Avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan yolg‘iz haydovchi harakat davomida tibbiy niqobsiz yurishi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri Toshkent shahar IIBB axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim.
O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:32 / 02.10.2025