Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda hozirda kameral nazorat tölaqonli soliq tekşiruviga aylanib ketgani va bu korrupsiyaga ham yöl oçib berayotganini körsatib ötdi.
Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qiliş yoki uni idoraga çaqiriş qat’iyan taqiqlanadi.
Şuningdek, alohida oçiq-oşkora platforma yaratilib, soliqçilar körsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning özi baho beradigan tizim yölga qöyiladi.
Şuningdek, hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uçun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy şaxs sifatida ma’muriy jarima qöllanmoqda. Bunday amaliyot bekor qilinişi ta’kidlandi.
Tadbirkorlarga qöllanayotgan jarimalar ular faoliyatining töxtab qolişiga sabab bölmasligi zarurligi qayd etildi.
Şu nuqtayi nazardan uç oyda barça moliyaviy sanksiyalar qayta körib çiqilib, adolatli me’yorlar belgilanadi.

















