Bunday iskovuç itlar qanday tayyorlanişini bilasizmi? Ayniqsa xalq orasida narkotik topadigan itlar ataylab “narkoman” qilinişi haqida gap-sözlar yuradi. Bugun mana şular haqida hikoya qilamiz.

Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasiga qaraşli xizmat itlari pitomnigida mas’ullar xizmat itlari qanday tayyorlanişi haqida sözlab berdi. Şu kuni uşbu işga qiziqadigan talabalar ham kinologiya markaziga kelgan ekan.

Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi, Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Jonibek Samandarovning hikoya qilib berişiça, itni tarbiyalaş jarayoni metin iroda va uzoq vaqt talab qiladi.

Podpolkovnik Jonibek Samandarov, Samarqand viloyat IIB, Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliği

— Xizmatga har qanday it olinavermaydi. Önlab kuçukvaççalar orasidan xodimlarimiz uning öynoqiligi, çaqirganda e’tibor berişiga qarab tanlab oladi. Aytiş joizki, bir itga faqat bir xodim biriktiriladi. Şu it qarigunça şu bir xodim bilan işlaydi. Faqat it qarib, yaramay kuçdan qolganda, xodim boşqa kuçukvaççani olib tarbiyalay boşlaydi.

Itlardan inson qobiliyati yetmaydigan örinlarda foydalaniladi. Şuning uçun ular mudom parvariş qilib boriladi. Itlarga Niderlandiyadan keltirilgan maxsus yemaklar beriladi. Ular doim veterinar nazorati ostida, — dedi J.Samandarov.

Pitomnikda törtta yönalişda xizmat itlari tayyorlanar ekan: narkotik moddalar qidiruvçi, portlovçi moddalar izlovçi, iz oluvçi va qöriqlovçi itlar.

Şu kuni yomğir yoğayotganiga qaramasdan xodimlar körgazmali çiqiş qilib berişdi. Dastlab xizmat itlari buyruqlarni qanday bajarişi körsatildi.

Nemis ovçarkasi zotli xizmat iti avval ovozli buyruqlarni, keyin imo-işora bilan berilgan buyruqlarni adaşmasdan bajardi. Belgiya ovçarkasi zotli xizmat iti esa akrobatik tryuklar, xodim bilan bir safda yurişni körsatib berdi.