6 fevral kuni Turkiyada misli körilmagan zilzila mamlakatga katta talafot olib keldi. Şundan söng Özbekiston zudlik bilan Turkiyaga FVV vakillaridan iborat 100 kişilik tezkor otryadni, keyinroq esa 71 kişilik qöşimça guruh va gumanitar yordam partiyasini jönatdi.
Aholidan insonparvarlik yordamini yiğiş va uni yuboriş uçun Turkiyaning Özbekistondagi elçixonasi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoşlar kelajagimiz” jamğarmasi bilan hamkorlikda maxsus ştab faoliyati yölga qöyildi. Hozirda Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan bu ştabda kerakli mahsulotlar yiğilmoqda.
Yuborilayotgan yordam içidagi zarur narsalar röyxatiga bolalar va kattalar uçun qişki kiyimlar, çodir, yotoq, isitiş vositalari, generatorlar, çidamli oziq-ovqat konservalari, çaqaloqlar bötqasi va tagliklari, tozalaş va gigiyena vositalari kiritilgan. Ma’lumotlarga köra, taşabbus boşlangandan beri hozirgaça 80 tonnadan ortiq mahsulotlar yiğib bölingan. Ular olib borilgan joyda ham yaxşi saqlanişi uçun mustahkam qilib qadoqlanmoqda.
Qolaversa, xuddi şunday yordam Yaşnabod tumanidagi “Texnopark” majmuasiga ham olib kelinyapti.



Bu jarayonda taniqli tadbirkor Murod Nazarov ham qatnaşib, özining Facebook sahifasida 2 soat içida hamkasblaridan 2 mlrd söm yiğib




















