Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning yetakchi PK Envoronment Corp. kompaniyasi bosh menejeri Yubin Von bilan onlayn shaklda uchrashuv o‘tkazdilar.
Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar O‘zbekiston hududlarida chet el kapitali asosida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida uyushtirildi.
PK Envoronment Corp. kompaniyasi Xitoyning suv yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlarida innovatsion "yashil" texnologiyalardan foydalangan holda kichik, o‘rta va yirik quvvatdagi qayta ishlash inshootlarini qurish tajribasiga ega.
Bosh menejer Yubin Von ta’kidiga ko‘ra, kompaniya tomonidan amalga oshirilgan loyihalar ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lib, mahalliy aholi va tabiatga zarar yetkazmasligi bilan ajralib turadi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda, xususan Buxoro viloyatida maishiy chiqindilar va oqova suvlarni qayta ishlash, ularni zararsizlantirish orqali qayta ishlatiladigan suv resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
Viloyatning ushbu sohadagi holati va istiqbollarini o‘rganish maqsadida kompaniya mutaxassislarining mamlakatga safarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
08:00 / 20.02.2026
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
17:11 / 18.02.2026