Telegram kanallarida benzin narxi tuşişi va yengil avtomobillardan gaz yeçilişi haqida xabarlar aylanib yuribdi. 

Xabarga ilova qilingan audioda aytilişiça, yengil maşinalardan gaz yeçilib, faqat yuk maşinalari va avtobuslar gazda yuradi. 

“Metan allaqaçon “otmen” bölyapti. Benzinning eng past narxi 4300-4400 söm böladi”, – deyiladi tarqalgan ovozli xabarlarda. 

U norasmiy manbasi metandan umid uzişini aytgani, viloyatlarda yengil maşinalardagi metan portlaşlari tufayli gaz bekor bölişini qöşimça qilgan. 

Kun.uz tarqalgan xabarlar yuzasidan Energetika vazirligidan izoh oldi. Vazirlik matbuot xizmati audiodagi xabarlar yolğon ekanini ma’lum qildi. 

Eslatib ötamiz, 2022 yilning 4 dekabridan boşlab Toşkent şahrida metan şoxobçalar vaqtinça yopildi. Bunga aholi iste’mol qiladigan va isitiş tizimida foydalaniladigan tabiiy gaz bosimi pasayib ketgani sabab böldi. 

13 dekabrdan boşlab Toşkentdagi “Özbekneftgaz” şoxobçalarida AI-80 benzini narxi 6800 sömdan 5700 sömga tuşirildi. Buning ortidan “zapravka”larda uzundan uzoq navbatlar kuzatildi.  

Avvalroq Navoiydagi “metan-zapravka”da 1,5 mlrd sömlik gaz öğirlangani ma’lum qilingandi. Andijonda esa avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasiga maşinalarni navbatsiz kiritayotgan şaxslarga qamoq jazosi tayinlandi.