Propiskaga oid vazifalar hali ham töliq bajarilmadi. Yil tugaşiga esa oz qoldi
|02:10 / 10.12.201849 8708 min
Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning hammasi ham öz vaqtida bajarilmayotganligini keça davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ham öz nutqida ta'kidlab ötdi. Unda xususan, şunday deyiladi:
«Keyingi ikki yilda fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini röyobga çiqarişga qaratilgan 90 ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va qarorlar qabul qildik. Qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan 13 mingdan ortiq topşiriqlarning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan».
Keling, endi biz birgina propiskaga oid belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganini körib çiqamiz.
Harakatlar strategiyasi doirasida 2018 yil 22 yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018 yilgi davlat dasturi qabul qilingan edi.
Uşbu dasturning 56-bandida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta'minlaş maqsadida doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş masalasi belgilangan. Undagi har bir vazifani alohida-alohida tahlil qilamiz:
— pasport oliş, ta'lim oliş, mehnat qiliş va boşqa huquqlarni amalga oşirişda propiska bilan boğliq çeklovlarni bartaraf qiliş;
• Uşbu band qisman bajarildi. Jumladan, 28.08.2018 yildagi PF-5528-sonli Prezident Farmoni bilan pasport tizimi töğrisidagi nizomga ayrim özgarişlar kiritildi. Masalan, propiskasi yöq şaxslar ham pasport olişi mumkinligi belgilandi.
• propiskasiz mehnat qiliş huquqi böyiça ham Mehnat kodeksining 80-moddasiga özgariş kiritiş haqida qonun loyihasi tayyorlandi. Lekin hozirça uşbu Qonun qabul qilingani yöq. Ya'ni bugungi kunda ham işga kirayotgan şaxs vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmagan bölsa RASMAN işga qabul qiliş rad etilişi mumkin. Garçi OAVda «
etilmaydi», deb yozilgan bölsa-da, ammo fakt şuki, aslida unaqa emas. Qonun loyihasi fevral oyidayoq tayyor bölgandi, ammo mana yil tugay deb qoldi, haligaça qabul qilinmadi. Kutamiz, balki 13 dekabr kuni böladigan Senatning yalpi majlisida qabul qilinib qolar. Yoki keyingi yilga qolarmikin? Kim bilsin.
— voyaga yetmagan şaxsning belgilangan muddatda pasport olmagani uçun ma'muriy javobgarlikni bekor qiliş;
• Uşbu band böyiça ham yuqoridagi ahvol. Ya'ni Qonun loyihasi fevral oyidayoq tayyorlangan edi, ammo haligaça Qonun qabul qilingani yöq. Bu degani bugungi kun (9 dekabr) holatida ham voyaga yetmagan şaxsni belgilangan muddatda pasport olmagani uçun ma'muriy javobgarlikka tortiş mumkin.
— mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uçun iş beruvçining ma'muriy javobgarligini bekor qiliş;
• Yana şu holat. Loyiha bor, lekin hali qonun qabul qilinmadi. Hozir ham mabodo propiskasiz yoki propiska muddati ötgan xodimni işga qabul qilgan rahbarni ma'muriy javobgarlikka tortiş mumkin.
— vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaganlik uçun ma'muriy jazo çoralarini yengillaştiriş, yaşaşga yöl qöygani uçun javobgarlikni bekor qiliş nazarda tutiladi.
- Yana şu holat. Loyiha bor, lekin hali qonun qabul qilinmadi. Hozir ham mabodo propiskasiz yaşaşga yöl qöyganlarni ma'muriy javobgarlikka tortiş mumkin.
— mavsumiy işlarga (quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinçalik röyxatga oliş tizimini soddalaştiriş, ular uçun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalaniş bitimini tuziş talabini bekor qiliş;
• 22.10.2018 yildagi 845-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir qator özgarişlar kiritildi. Masalan, mavsumiy işçilarni noturar joy binolarga ham hisobga oliş mumkinligi belgilandi.
Lekin ahamiyatli tomoni Adliya vazirligi taklif qilgan loyihada «mavsumiy işlar bilan şuğullaniş uçun yetib kelgan fuqarodan vaqtinçalik yaşaş joyi böyiça hisobga turişi talab qilinmaydi» degan qoida bor edi, ammo ming afsuski yakunda bu taklif qabul qilinmadi. Xalqqa juda yengil bölib ketsa ham yaxşimas, deyişgandir.
— Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölgan fuqarolar uçun köçmas mulk sotib oliş böyiça amaldagi talablarni soddalaştiriş;
• Rostini aytsam, Farmonning uşbu qismida doimiy propiskasi bor fuqarolarga mulk sotib olişda talablarni soddalaştiriş deyilgani uçun, aynan nima nazarda tutilganini unça tuşunmadim. Menimça, ayrim bandlar böyiça doimiy propiskaga kirib, lekin 3 yilgaça uy sotib olişga huquqi bölmagan şaxslar nazarda tutilgan bölsa kerak. Agar şu nazarda tutilgan bölsa, unda bu böyiça heç narsa amalga oşirilmadi. Haligaça, Toşkentning doimiy propiskasiga ega ayrim fuqarolar uy sotib oliş huquqidan mahrum.
Yoki uy oldi-sotdisini notariusda rasmiylaştirişdagi tartib va davlat boji nazarda tutilgan bölsa, unda 06.04.2018 yildagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan uşbu band bajarilgan.
— içki turizmni rivojlantiriş maqsadida vaqtinça propiskasiz (yaşaş joyi böyiça hisobga turmasdan) böliş muddatini uzaytiriş;
• Uşbu band bajarildi. 22.10.2018 yildagi 845-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan vaqtinça propiskaga qöyiş muddati 1 yilgaça uzaytirildi. Ilgari eng maksimali 6 oy edi.
Lekin yana bir ahamiyatli tomoni, Adliya vazirligi tomonidan xalqqa e'lon qilingan loyihada vaqtinçalik propiskaga qöyiş muddatini 5 kundan 10 kunga uzaytiriş hamda 10 kundan köp bölmagan muddatga kelgan fuqarolarni hisobga oliş şart emasligi haqidagi qoida bor edi, lekin yakunda 5 kunligiça qoldi. Ya'ni Toşkentga 5 kundan ortiq muddatga kelgan fuqaro albatta vaqtinçalik propiskaga qöyişi kerak. Yana öşa gap. Takrorlamayman.
— Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişga bölgan çeklovlarni bekor qiliş;
• Bu band katta ehtimol bilan joriy yilda amalga oşmaydiganga öxşaydi. Va özi qaçon amalga oşişi ham dargumon.
Yana bir muhim joyi: Adliya vazirligi jamoatçilik muhokamasiga qöygan loyihasida Toşkentdan uy sotib oliş uçun propiska talab qilişdan butunlay voz keçiş taklif qilingandi. Davlat boji ham hozirgidek, 5 foiz emas, 3 foiz körsatilgandi. Ammo mazkur loyiha oxir-oqibat xalqqa e'lon qilinganday emas, tamomila boşqaça mazmunda qabul qilindi. Ya'ni faqat yangi uy sotib oliş talabi kiritildi, davlat boji ham loyihadagidan qimmatroq belgilandi.
Vaholanki, Adliya vazirligining loyihasidagi özgariş (uy sotib olişda propiska söraşni butunlay bekor qiliş) Prezident farmonida qöyilgan vazifaning ayni özi edi. Ya'ni, Prezident aynan şuni xohlagandi. Ammo nimadir bölganu, qaror loyihasi toki tasdiqlangungaça bu «band» tuşib qolgan.
Xöş, hurmatli mutasaddilar, Sizlarga savol: Prezident farmonini bajariş niyatingiz bormi yoki yöq? Ikkilamçi bozordan uy sotib olişda propiska böyiça çeklovlar olib taşlanadimi yoki Prezident farmonidagi vazifalar qoğozlarda çang bosib qolib ketaveradimi? Agar olib taşlansa, unda qaçon? Axir Davlat dasturi 2018 yil uçun edi-ku? Mana, yil ham tugaşiga 20 kun qoldi. Xullas, savollar köp, lekin hozirça bu savollarga javoblar yöq.