Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Bahodir Yusupov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev qişloq xöjaligi vaziri lavozimini egallagan.

Foto: Xalqaro press-klub
Jamşid Abduhakimoviç Xöjayev 1979 yilda tavallud topgan. 2000 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti taşabbusi bilan iqtidorli talabalar uçun taşkil etilgan «Umid» jamğarmasi stipendianti. 2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boşqaruvi yönalişi magistranti. Öz mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida işlagan. 2017 yil oxirida taşqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil fevralda Qişloq va suv xöjaligi vazirligi ikki mustaqil idoraga ajratildi. Tez orada ikkiga ajratilgan Qişloq xöjaligi hamda Suv xöjaligi vazirliklariga rahbarlar ham tayinlandi. Unga köra, Özbekiston fermerlari Kengaşi raisi lavozimida işlagan Bahodir Yusupov qişloq xöjaligi vaziri, avvalgi vazirlikda suv xöjaligi masalalari böyiça vazir örinbosari bölgan Şavkat Hamroyev esa suv xöjaligi vaziri etib tayinlandi.

Foto: Xalqaro press-klub
Öz navbatida, Bahodir Yusupov qaysi işga ötkazilgani hozirça noma'lum bölib turibdi.
Zoyir Mirzayev Qişloq va suv xöjaligi vaziri lavozimidan ketdi















