Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev selektor yiğilişi ötkazdi. Unda Aqtöbedagi noxuş hodisa oqibatlari ham muhokama qilingan. «Kun.uz» tahririyatiga uşbu yiğiliş vaqtida yozib olingan audioyozuv yetib keldi.
Yiğilişda viloyat hokimi Toşloq tumanidagi barçani (Aqtöbedagi fojiada qurbon bölganlarning 16 nafari şu tumandan edi) Farğona viloyatini respublikada şarmanda qilişda ayblagan. Hokim öz ayblovlarini qöpol sözlar bilan ifodalab, toşloqliklarni Haj ziyoratiga borişdan mahrum qilgan.
«Endi Toşloqdan heç kim Hajga bormaydi. Toşloqliklarning birontasi Haj safariga bormaydi, tirigiyam bormaydi, otasiyam bormaydi. Hammasi mahrum böldi öşa Toşloqdan», deya hayqirgan hokim.
Şundan söng u öz yordamçilaridan biriga Haj safariga boriş uçun röyxatdan ötgan toşloqliklarning barçasining nomini öçiriş böyiça körsatma bergan.
Ğaniyev fojia qurbonlarining yaqinlari uçun ajratilgan moddiy yordamni minnat qilgan.
«Eşitib qöyinglar, toşloqliklar! Yana beçora viloyatliklar 80 million söm homiylik qilişga majbur böldi. Har biri uçun 5 million sömdan. Buni ta'na qiliş uçun gapirayotganim yöq», deya ta'na qiladi hokim.
«20 yaşar, 22 yaşar, uylanmagan yigitlar ketaveradimi? Ota-onasi nima deyapti, karaxtmi ular? Endi beçora uçastka noziri aybdor qilinadi. Mahalladagilar turibdi tişini kovlab.
Ertaga yozsa yozaversin, mani ustimdan. Ğaniyev urdi (!), hajga bormaysan dedi, falon dedi, piston dedi, qilib», deya u OAVda özini tanqid qilib çiqişlaridan qörqmasligini ta'kidlagan.
Hokim toşloqliklarning 2005 yilda miting qilganini ham eslab ötgan.
«Miting qilgan ham şular böladi, 2005 yilda içki işlar xodimlarini toş otib quvlaganlar şu haromilar edi. Qaralmasa, şunaqa böladi», deydi hokim.
Şuhrat Ğaniyev Toşloq tumani hokimi H.Umarovni qattiq haqoratlagan.
«Ikki-uçtadan xotin qilganiyam Toşloqda, xotinlarni qöyvorib, bolalarni yetim qilib, aliment tölamay yurganlaram Toşloqda. Padaringa la'nat, san toşloqliklarni... Hokimdan boşlab haromilar. Respublikaga butun viloyatni şarmanda qiladiganlar. Bozor ustidan yozadiganlaram Toşloqda, bozorda özi eşakmindi öynaydiganlaram Toşloqda (biroz avvalroq matbuotda Toşloq tumanidagi dehqon bozori qattiq tanqid qilib çiqilgandi - tahr).
Qölingdan kemasa çiqib ket hozir zaldan, hokim bölib ötirmasdan. Mard bölsang, şunday çiqib ket-da, yöqolib ket! Yöqolib ket! Nomard!», deydi u.

















