Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiyaviy sudga alohida huquqiy maqom berilgan. U umumiy yurisdiksiya sudlaridan (tuman, viloyat sudlari, Oliy Sud) farq qilib, qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyati hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşiradi va qonun normalariga rasmiy şarh beradi.

Faoliyatiga 23 yildan oşganiga qaramay, Konstitutsiyaviy sud huquqiy tizimni takomillaştiriş, qonun ustuvorligi, demokratiya, inson huquqlari, Konstitutsiyaning boşqa qonun hujjatlaridan ustunligini ta'minlaşga deyarli heç qanday hissa qöşmadi. Aftidan, hukumat bu muammodan xabardor, çunki 2017 yil 31 mayda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini tartibga soluvçi yangi qonun qabul qilindi. Ammo mana qariyb bir yarim yil vaqt ötişiga qaramasdan, Konstitutsiyaviy sud faoliyatida jonlaniş kuzatilmayapti.

Islohotlar muammo mohiyati va kölamini tuşunişdan boşlanişi kerak. Quyida e'tiboringizni muammo kölamiga qaratiş maqsadida, Konstitutsiyaviy sudning 1995 yildan 2018 yilgaça bölgan faoliyatiga töxtalamiz.

1995 yildan beri Konstitutsiyaviy sud neçta qaror qabul qildi?

Konstitutsiyaviy sud bugungaça atigi 32 huquqiy masala yuzasidan qaror qabul qilgan. Bu yiliga örtaça 1,4 qaror qabul qilindi deganidir. Ya'ni, yiliga heç bölmasa ikkita qaror qabul qilinmagan.

Sud faoliyatini dekadalarga bölganda, quyidagi natijalarni köriş mumkin: 
2000 yilgaça 12 qaror (1995 – 0; 1996 – 0; 1997 – 4; 1998 – 6; 1999 – 0; 2000 – 2);
2010 yilgaça 18 qaror (2001 – 5; 2002 – 3; 2003 – 2; 2004 – 2; 2005 – 0; 2006 – 3; 2007 – 1; 2008 – 1; 2009 – 1; 2010 – 0)
2018 yilgaça 2 qaror (2011 – 0; 2012 – 0; 2013 – 0; 2014 – 1; 2015 – 0; 2016 – 0; 2017 – 0; 2018 – 1).

Diagrammada körsatilganidak, Konstitutsiyaviy sud faoliyati 2002 yildan keyin keskin susayib, 2005 yildan turğunlik boşlangan.

Konstitutsiyaviy huquqlar himoya qilinmoqdami?

Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasi Konstitutsiyani himoya qiliş, uning barça boşqa qonun hujjatlaridan ustunligini ta'minlaş hisoblanadi. Bugungaça qabul qilgan qarorlar asosan soliq, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyati, litsenziyalaş, ijtimoiy suğurta, çet el investitsiyalari, advokatlik faoliyati, Konstitutsiyaviy sud vakolatlari va fuqarolikni yöqotiş masalalari böyiça bölib, bevosita fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qiliş böyiça deyarli qaror qabul qilinmagan. Şu örinda Konstitutsiyaviy sud tomonidan körib çiqilgan ikki istisnoli qarorga e'tibor qaratiş mumkin. Quyidagi işlarda Konstitutsiyaviy sud muhim huquqlarni himoya qilib qaror çiqaradi, ammo bu qarorlar heç qanday amaliy özgarişlarga sabab bölmadi.