“Adolat qaror topishiga ishonchim komil edi” – Botir Qodirov
Xonanda Botir Qodirov sudning hal qiluv qarori o‘qib eshittirilgach OAVga intervyu berdi. U so‘zida “eng og‘riqli nuqtasini bosishmaguncha da’vo arizasi kiritish niyati bo‘lmaganini” aytib o‘tdi. “Boshqa chora qoldirishmadi, eng nozik nuqtamni bosishdi. Ularning qo‘rqayotgan nuqtasi – meros. Menga meros kerak emas. Yomon gapirmoqchi emasman, ular baribir mening ukalarim”, dedi xonanda. Qodirov, shuningdek, sud-ekspertizasi xulosalari nega ikki xil chiqqanini ham izohlab o‘tdi.
Jo‘rayevlar ishida sudning hal qiluv qarori o‘qildi. Ishni FIB Uchtepa tumanlararo sudi ko‘rib chiqdi. Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi.
Sudning hal qiluv qarori o‘qilgach, xonanda Botir Qodirov OAVga intervyu berdi.
“To‘g‘risi aytsam, yomon gap gapirmoqchi emasman. Ular baribir mening ukalarim. Ular adashishyapti. Lekin, bilmayman kim turibdi bularning ustida, bularning qo‘rqayotgan nuqtasi – meros. Men shu paytgacha indamay, sabr bilan kutib keldim sudning qarorini. Ular nimalar qilib yurganini bilaman. Lekin bir narsani aytib qo‘ymoqchiman, ularga amakimlarimni gapirtirib, mening, onamning sha’niga tegib, bunaqa qilmasliklarini tavsiya berardim. Agar bular merosdan qo‘rqishayotgan bo‘lsa, bu narsalarni qilmasliklarini iltimos qilardim. Chunki, men oldin ham meros kerak emasligini aytganman.
Bir insonni ha deb ezaversangiz, chiqib gapiraversangiz uning onasi unaqa, onasi bunaqa deb, hech qaysi farzand chidab turolmasa kerak bunga. Toki mening eng og‘riqli nuqtamni bosmaguncha da’vo arizasi kiritish niyatim bo‘lmagan. Ya’ni, mening og‘riqli nuqtam – onamning sha’ni. Boshqa chora qoldirishmadi bular”, dedi xonandi.
Botir Qodirov intervyusida sud-ekspertizasi xulosalari nega ikki xil chiqqanini ham izohlab o‘tdi. Unga ko‘ra, birinchi DNK namunalari so‘lakdan, ikkinchisi qondan olingan. Va xulosalarni tayyorlashda inson omili bilan ayrim texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Xonanda adolat qaror topishiga ishonchi komil bo‘lganligini ham ta’kidlab o‘tdi.
Sud qarorida Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYo bo‘limida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Sherali Jo‘rayev, 1945 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek” deb yozish ham belgilangan. Sudning hal qiluv qarori 1 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024