Toqayev portlashlardan talofat ko‘rgan Aris shahrini tiklashga va'da berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 24 iyun oqshomda Turkiston viloyatiga tashrif buyurib, harbiy qismda o‘q-dorilar portlashidan talofat ko‘rgan Aris shahrining evakuatsiya qilingan aholisi bilan uchrashdi va shaharni tiklashga va'da berdi.
“Shaharni tiklaymiz. Hammasi joyida bo‘ladi, biroz chidang. Bu favqulodda vaziyat, falokat. Hukumat pul beradi, yordam beramiz, tashvishlanmang. Ta'mirlash o‘tkazamiz. Men shu maqsadda keldim”, deb aytgan Toqayev.
Arisdagi vaziyat bo‘yicha tezkor shtab yig‘ilishida Qozog‘iston prezidenti birinchi navbatda uy-joyini yo‘qotgan odamlarni joylashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish va jabrlanuvchilarga har tomonlama yordam ko‘rsatish vazifasini topshirgan.
Toqayev voqea joyida qutqaruv va tiklash ishlari davomida idoralararo aniq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni va portlashlar sababini aniqlash uchun batafsil tergov o‘tkazishni buyurgan.
Qozog‘iston rahbari shaharga yordam uchun maxsus jamg‘arma ochilishini qo‘shimcha qilgan. Prezident fuqarolar xavfsizligi va ularning mol-mulki butligini ta'minlash masalalarini muntazam nazorat ostida ushlashni buyurgan. Uning ta'kidlashicha, bolalarga yordam ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratish lozim. “Hozir birinchi o‘rinda odamlar, shahar aholisi xavfsizligi bo‘lishi lozim. Butun Qozog‘iston Arisga yordam beradi, maxsus jamg‘arma ochiladi”, deb aytgan Toqayev.
Qozog‘iston prezidenti portlashlar sababini aniqlash va aybdorlar qonunga ko‘ra javobgarlikka tortilishlariga erishish lozimligini buyurgan. “Kelgusida Aris turli portlovchi qurilmalardan to‘liq tozalanishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Toqayev.
24 iyunda 44,3 ming kishi yashaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida
Jahon | 22:28
-
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:22
-
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi
Jahon | 22:04
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
Mavzuga oid

22:47 / 11.11.2019
Qozog‘iston prezidenti o‘z qarorgohida elektr toki o‘chishini taftish qilishni talab qildi

19:51 / 05.11.2019
Tanzila Norboyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

21:30 / 07.08.2019
Toqayev Arisdagi portlash sababli sobiq mudofaa vazirini qurolli kuchlar tizimidan bo‘shatdi

10:00 / 27.06.2019