Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Toqayev öz farmoni bilan sobiq mudofaa vaziri Saken Jasuzakovni respublika qurolli kuçlari tizimidan böşatdi. Bu haqda prezident matbuot xizmatida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanişiça, sobiq vazir Aris şahridagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi bilan boğliq holda böşatilgan. 

Bundan taşqari, uşbu voqea yuzasidan mudofaa vazirining birinçi örinbosari, qurolli kuçlar boş ştabi boşliği Murat Bektanovga, mudofaa vazirining sobiq birinçi örinbosari Murat Maykeyev hamda mudofaa vazirining sobiq örinbosari Talgat Janjumenovga qat'iy hayfsan e'lon qilingan. 

Jasuzakov Qozoğiston mudofaa vaziri lavozimini 2016-2018 yillar davomida egallagan. U sönggi vaqtda Nursulton Nazarboyev nomidagi milliy mudofaa universiteti rahbari bölib işlab kelgan. 

Joriy yilning 24 iyunida Arisda joylaşgan öq-dori omborida yonğin çiqib, öz ortidan öq-dorilar portlaşiga olib kelgan. Favqulodda vaziyat oqibatida 4 kişi halok bölgan. Mahalliy aholi yaqin oradagi aholi punktlariga evakuatsiya qilingan. Aholisi 45 ming kişilik şaharda köplab binolarga zarar yetgan. Voqeadan söng sapyor brigadalari Aris atrofida hududni snaryadlar parçalari va portlamay qolgan öq-dorilardan tozalaş böyiça işlar olib borgan.