Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev poytaxt Nur-Sultonda elektr ta'minotida yuz bergan avariyani taftiş qiliş uçun komissiya tuzişni topşirdi. Avariya oqibatida şaharning bir qismi, jumladan prezident qarorgohi, parlamentning ikki palatasi va hukumat uyi elektr tokisiz qolgan. Bu haqda Toqayevning matbuot kotibi Berik Kurmangali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, komissiyaga boş vazir örinbosari Roman Sklyar boşçilik qiladi.

“Batafsil taftiş ötkaziş, ayblanuvçilarni topiş lozim, zarurat bölsa iş huquq-tartibot idoralariga topşiriladi”, deb ma'lum qilgan Kurmangali.
Toqayev, şuningdek, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi uçun çoralar körişni buyurgan.
10 noyabrda şaharning bir qismi podstansiyalardan birining kabel kanalidagi yonğin tufayli elektr tokisiz qolgan. Bu tarmoqqa ulangan iste'molçilar öt öçiruvçilar xavfsizligi uçun öçirib qöyilgan. Şu sababli 9 ta köp xonadonli uy, Toqayev qarorgohi, senat, majlis, hukumat uyi, vazirliklar uyi va oliy sud binolari elektr ta'minotida uziliş kuzatilgan.

















