«Özbekiston temir yöllari» Qozoğistonning Aris şahrida röy bergan portlaş munosabati bilan harakati vaqtinça töxtatilgan poyezdlarning harakati tiklangani töğrisida ma'lumot berdi.
«Hurmatli yölovçilar! «Öztemiryölovçi» AJ Arisdagi stansiya orqali xalqaro yönalişlarda harakatlanuvçi barça poyezdlarning harakati tiklangani haqida ma'lum qiladi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 24 iyun kuni Qozoğiston janubidagi Aris şahrida joylaşgan harbiy qismdagi omborxonada portlaşlar röy berişi munosabati bilan «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida ayrim yölovçi poyezdlar harakati vaqtinça töxtatilgandi.
Şu tufayli «Toşkent – Moskva», «Andijon – Moskva», «Toşkent – Qozon», «Toşkent – Novosibirsk», «Toşkent – Ufa», «Toşkent – Çelyabinsk», «Olmaota – Nukus» va «Olmaota – Toşkent» yönalişlaridagi yölovçi poyezdlarning Aris stansiyasi orqali harakati qayta işga tuşişiga qadar vaqtinça töxtatilgandi.
26 iyun kuni Qozoğistonda töxtab qolgan uçta poyezd yölovçilari Toşkentga olib kelindi.

















