Özbekistonning sobiq Boş prokurori Raşidjon Qodirov hibsga olinmagan. «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda bölgan Boş prokuratura Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy iş oçilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi.

Manba sobiq prokuror bilan boğliq heç qanday tergov jarayonlari ham ketmayotganini ta'kidladi.

Bundan avvalroq OAVda Raşidjon Qodirov 22 fevral kuni qölga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini özlaştiriş va xorij banklari vositasida pul yuviş amaliyotlari ötkaziş aybi qöyilayotgani hamda unga nisbatan hibsga oliş ehtiyot çorasi qöllangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Respublika Boş prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil işlagan Raşidjon Qodirov 2015 yilning aprelida işdan böşatilgan edi. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a'zosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud a'zolari tarkibida uning nomi yöq bölib qolgandi.