Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga xabar qilişiça, Özbekiston tomoni şu kunlarda Turkiyada qölga olingan özbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayevning qölga olinişiga aloqador emas.
Uning sözlariga köra, Boş prokuraturada Abdukarim Mirzayev bilan boğliq jinoiy iş mavjud emas, uning özi ham qidiruvga berilmagan.
Avvalroq Istanbulda 11 dekabr kuni YouTube’da blog yurituvçi özbekistonlik hikoyanavis jurnalist Abdukarim Mirzayev «şubhali şaxslar» bilan aloqadorlikda gumon qilinib qölga olingani, uni mamlakatdan deportatsiya qilişlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.

















