«Narx va yetkazib berishga ta'siri yo‘q». UzAuto Motors Asaka zavodining vaqtincha to‘xtashi haqida tushuntirish berdi
UzAuto 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qildi. Kompaniyaning bildirishicha, bu yangi sifat standartlarini joriy qilish bilan bog‘langan.

Foto: UzAuto Motors
UzAuto zavodida ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha jamoatchilik orasida xavotir ortib borayotganligi sababli, to‘xtatib turish ishlab chiqarish liniyalarida yillik rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liqligi ma'lum qilindi. Bu haqda kompaniya rasmiy xabar tarqatdi.
«Shuningdek, tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalardagi barcha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ma'lum qilamiz. Rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish, ilgari shartnoma qilingan avtomobillarning narxi va yetkazib berish jadvaliga ta'sir qilmaydi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Ta'kidlanishicha, ushbu tadbir doirasida asosiy va yordamchi texnologik uskunalar va jihozlarni, kommunal xo‘jaliklarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini profilaktik tekshirish, modernizatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borish, shuningdek, ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish doirasida rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Kompaniya rasmiy vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, zavod faoliyatida vaqtincha to‘xtalish bo‘lishiga qaramay, joylarda dilerlar tomonidan mijozlar bilan avtomobil xaridi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi davom etadi.
Avvalroq, respublikaning barcha hududlaridagi Chevrolet dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkazilishi ma'lum qilingandi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini Chevrolet brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

21:15 / 20.04.2021
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarilishi 40 foizdan ko‘proqqa kamaydi

18:55 / 23.03.2021
«Avtomobilga bo‘lgan talab 3 foizga oshdi» - Avtomashina oldi-sotdisining fevraldagi ko‘rsatkichlari ma'lum qilindi

17:25 / 22.02.2021
Manba: UzAuto Motors mijozlar bilan shartnomalar tuzishni mart oyidan boshlaydi

21:06 / 20.02.2021