09:38 / 18.10.2016
5713

Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi ish boshladi

Bugun, 18 oktabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda TIV sayti xabar berdi.

Unda 50dan ortiq a'zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Ochilayotgan Toshkent sessiyasi IHT TIVKning 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisiga qadar O‘zbekiston Respublikasi raisligining rasman boshlanishi bo‘ladi.

O‘zbekiston raisligining shiori – “Ta'lim va ma'rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li”.

Top