Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Özbekiston milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov, ÖFA Ijroiya qömitasi a'zolari va boşqa mutasaddi şaxslar iştirok etişdi. Kun tartibidan quyidagi masalalar örin oldi:
-Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentlarining yozgan arizalariga asosan öz lavozimlaridan ozod etiş;
-Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentlari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi nomzodlarni körib çiqiş;
-Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Ramatov Açilbay Jumaniyazoviçning Boş kotib böyiça bildirgan taklifini körib çiqiş;
-Özbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov Konferensiyasini çaqiriş böyiça taklif tayyorlaş.
Kun tartibidagi birinçi masala yuzasidan. ÖFAning amaldagi vitse-prezidentlari Umid Ahmadjonov va Pölat Bobojonov öz lavozimlaridan muddatdan oldin ozod etiş masalasida arizalar kelib tuşgan bölib, Ijroqöm a'zolari bu arizalarni qanoatlantiriş böyiça ovoz berişdi.
ÖFA vitse-prezidentligiga Ijroqöm a'zolarining ovozlari bilan FIFA referisi Ravşan Ermatov va IIV vaziri örinbosari Muhiddin Jörayev vaqtinça vazifani bajaruvçi sifatida saylanişdi.

Şuningdek, ÖFA prezidenti Oçilboy Ramatovning taklifiga asosan, amaldagi boş kotib Sardor Rahmatullayev örniga Avaz Maksumov Ijroiya qömitasi tomonidan tayinlandi.

ÖFA Ijroiya qömitasi qaroriga asosan Özbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov Konferensiyasi joriy yilning 15 iyuliga belgilandi hamda konferensiya kun tartibini şakllantiriş Avaz Maksumovga yuklandi.
Ma'lumot uçun, Ravşan Ermatov jahon çempionatlarida 11ta öyinda boş hakam sifatida işlagan va bu borada rekordçi hisoblanadi. Ermatov 5 marta Osiyoning eng yaxşi hakami bölgan va bir marta «Globe Soccer Awards» talqiniga köra dunyoning eng yaxşi hakami bölgan.
Içki işlar vaziri örniga uning örinbosari ÖFA vitse-prezidenti böldi
















