2025 yilning sentabr oyida Özbekistonga qiymati 167,1 mln dollarlik 14 ming 171 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qömitasining oylik hisobotida keltirilgan.

Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida 74,2 mln dollarlik 6 ming 355 dona yengil avtomobillar importi amalga oşirilgan. Sentyabr oyida avtomobil importi qiymat jihatdan 2,25 barobarga, miqdor jihatdan esa 2,22 barobarga oşgan.

Miqdor jihatdan eng katta ösiş elektromobillar importida kuzatilgan – 3,5 barobar. Benzinli yengil avtomobillar importi ham 48 foizga oşgan. Öz navbatida gibrid avtomobillar importi qisqarişda davom etyapti. Sentyabrda bu körsatkiç – 5,8 barobar bölgan.

Ötgan oyda avtomobil olib kirişning keskin ösişi import moşinalarni Piskentdagi avtopoligonda sinovdan ötkaziş amaliyoti bekor qilinişi fonida yuz berdi. Şu paytgaça Özbekistonga jismonan olib kirilgan, lekin «import» sifatida röyxatdan ötmagan avtotransport vositalarining mamlakatga kirişi tezlaşgan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 noyabrdan boşlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan ötkaziş boşlangandi. Şuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan maşinalar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy qilindi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir neça barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarişiga ta’sir ötkazib kelayotgandi.