Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektorda 2022 yil 1 iyundan tadbirkorlar uçun soliq ma’murçiligi va tekşirişlar tizimi soddalaştirilişini e’lon qildi.
E’lon qilingan yangiliklarga köra, mol-mulk soliğini hisoblaş tizimi bozor tamoyillariga ötkazilganini inobatga olib, qöşimça yuqori soliq stavkalarini qöllaş tartibi bekor qilinadi.
Şuningdek, aylanmasi 1 milliard sömdan oşgan tadbirkorlarga qöşilgan qiymat soliği tölovçisi guvohnomasi dastlabki örganişsiz, avtomatik tarzda beriladi.
Joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida ötkazilgan tekşiruvlar soni 1,7 barobarga oşib, 86 mingtani taşkil etdi. Bu tadbirkorlar tomonidan köplab e’tirozlarga sabab bölmoqda.
Şu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralaşuvlarning oldini oliş uçun, endi 22 ta turdagi tekşiruv faqat Biznes ombudsman ruxsati bilan amalga oşiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekşiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).
Bundan taşqari, yuqori xavf darajasi mavjud bölgan tadbirkorlarga qöşilgan qiymat soliği tölovçisi guvohnomasini töxtatib qöyişdan oldin xabardor etiş tartibi joriy etiladi.
- Avvalroq, soliq kodeksiga foyda soliği böyiça özgartirişlar kiritilib, maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari foyda soliğidan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab belgilanişi ma’lum qilingandi.













