Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga davlatda uch kunlik motam e’lon qildi.
G‘azo bo‘lgasini nazorat qiluvchi HAMAS harakati hujumda Isroilni aybladi. Buni rad etgan Isroil tomoni shifoxonaga Falastinning “Islomiy jihod” guruhi tomonidan uchirilgan va trayektoriyasidan adashgan raketa qulab tushganini ta’kidladi.
Harbiy tahlilchilar va ekspertlar G‘azodagi kasalxonaga Amerikada ishlab chiqarilgan JDAM raketasi bilan zarba berilganini aniqlashgan. Bu haqda turli davlatlardan o‘nlab yirik ekspertlar bayonot bergan. Amerikaning JDAM raketasining o‘ziga xos sifati uning tovushi hisoblanadi. Raketa juda katta tezlikda uchgani va ma’lum bir shaklga ega bo‘lgani uchun uning tovushini boshqa raketalardan osongina farqlash mumkin.
Rossiya va BAA G‘azodagi shifoxonaga berilgan zarba tufayli 18 oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘rashdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchilardan bo‘lib G‘azodagi hospitalga aviazarbani qoralab chiqdi va jahon hamjamiyatini Falastin anklavidagi «misli ko‘rilmagan shafqatsizlik»ni to‘xtatishga chaqirdi.
İçerisinde kadınların, çocukların, masum sivillerin olduğu bir hastaneyi vurmak, İsrail’in en temel insani değerlerden yoksun saldırılarının son örneğidir.
— Recep Tayyip Erdoğan (@RTErdogan) October 17, 2023
Gazze’de yaşanan ve tarihte benzeri olmayan bu vahşeti durdurmak için tüm insanlığı harekete geçmeye davet ediyorum.
«Ayollar, bolalar va hech narsada aybsiz bo‘lgan tinch aholi vakillari bo‘lgan kasalxonaga zarba berish — bu Isroilning elementar insoniy qadriyatlardan xoli bo‘lgan hujumlarining namunasidir.
Men butun insoniyatni G‘azo sektoridagi bu misli ko‘rilmagan shafqatsizlikni to‘xtatishga chaqiraman», — deb yozdi Erdo‘g‘an X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Birin-ketin boshqa davlatlarning ushbu mash’um zarbaga nisbatan munosabatlari yangray boshladi.
Pentagon G‘azo sektoridagi hospitalga Isroil aviazarbasi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdirib, «AQSh Isroilni «urush qonunlari»ga rioya qilishga chaqiradi», deya bayonot berdi.
















