Prezidentning “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda “British management university” mas'uliyati cheklangan jamiyatining nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
Universitetda London, Reding universitetlari hamda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini joriy etish;
respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
xorijning ilg‘or oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;
ta'lim jarayoniga London, Reding universitetlari hamda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish;
ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
loyiha boshqaruvi, logistika, tadbirkorlik, innovatsiyalar, elektron tijorat hamda iqtisodiyot tarmoqlari sohalarida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlash;
iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta'lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
respublika oliy ta'lim tizimiga zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-ta'lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;







