Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, tergov organi çaqiruvlariga behurmatlik qilib, qonun talablarini bajarmagani asos qilinib, saytning uşbu ikki xodimiga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan.
Surxondaryo viloyat prokuraturasi axborot xizmati uşbu ma'lumotni tasdiqladi. Prokuratura mas'ul xodimi tergov siri ölaroq işning boşqa tafsilotlari oçiqlanmasligini bildirdi.
2021 yil yanvarida Effect.uz sayti xodimlarining Termiz tuman sudi binosida sud raisi Odil Begimqulov pora olganlikda va işni noxolis körayotganlikda ayblangan lavhasi ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan edi.
Keyinroq, Kun.uz mazkur holat böyiça Termiz tuman sudi raisi bilan suhbat e'lon qilgandi.












