Kuni keça Olmazor tumani hokimi örinbosari A.Vahobov KUN.UZ tahririyati xodimlariga tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan A.Vahobovning videointervyusi e'lon qilindi. Uşbu intervyuda A.Vahobov KUN.UZ muxbiri Rahmatillo Isroilov muqaddam undan tamagirlik yöli bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif qilgani haqidagi da'voni ilgari surdi.

Mazkur da'vo yuzasidan KUN.UZ zudlik bilan öz içki suriştiruvini ötkazib, tahririyat muxbiri R.Isroilov va boşqa xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinladi.

Xizmat tekşiruvida muxbir R.Isroilov unga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlar biror asosga ega emasligini, A.Vahobov bilan muqaddam HeÇ QAÇON körişmaganini, hayotda ilk marta 14 avgust kuni uçraşganini va öz-özidan A.Vahobovning gaplari tuhmatdan iboratligini ma'lum qildi.

Bundan taşqari, 15 avgust kuni Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xodimlari tomonidan aynan mazkur masala yuzasidan taşkil qilingan yuzma-yuz uçraşuvda A.Vahobov KUN.UZ muxbiri Rahmatillo Isroilovni tanimasligini va hodisa yuz bergan kuni (14 avgust) birinçi marta körganini bayon qilgan (buni tasdiqlovçi audioyozuvlar mavjud). 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilayotgani sababli xizmat tekşiruvi davomida töplangan hujjatlar (tegişli audio va videomateriallar bilan birga) qöşib örganiş uçun Toşkent şahar prokuraturasiga yuborildi.

Bundan taşqari, muxbir R.Isroilov öziga nisbatan oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilgani uçun Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Boş prokuraturaga şikoyat yöllaganini ma'lum qildi.

Toşkent şahar prokuraturasida olib borilayotgan tergovga qadar suriştiruv jarayonlariga xalaqit bermaslik, suriştiruv jarayonlari xolisligiga ta'sir va bosim ötkazmaslik maqsadida KUN.UZ tahririyati uşbu mavzuda boşqa ma'lumotlarni oşkor qilmaslikka qaror qildi.