Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida 6 fevral kuni energiya ta’minoti sohasida nazorat tizimini tartibga soliş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda energiya yetkazib beriş va hisob-kitob tizimidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Yanvar oyidagi sovuq bu borada boşqaruv va nazorat susayib ketganini yaqqol körsatdi. Mutasaddi taşkilotlar avtomatik hisoblaş tizimi elektr energiyasida 92 foiz, tabiiy gaz böyiça 98 foiz örnatilgan, deb hisobot bergan. Lekin haligaça debitor qarzdorlik yuqoriligiça qolmoqda.
Tumanlardagi tarmoq idoralari elektr va gazga ulanişga hisob-kitob va tahlillarsiz ruxsat beryapti. Masalan, Toşkent şahrining 120 ta mahallasida transformatorlar yuklamani kötarmagani uçun bir oyning özida 5-6 martalab ta’mirlangan.
Hanuzgaça tizimda öğrilik juda katta. Resurslar xöjasizlarça talon-toroj qilinyapti. Birgina dekabr oyida elektr va gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça 12 mingdan ziyod holatda 600 milliard sömlik zarar aniqlangan. Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari ustidan nazorat butunlay izdan çiqqan.
Şulardan kelib çiqib, energetika sohasida nazoratni kuçaytiriş va qonun ustuvorligini ta’minlaş böyiça yangi tizim belgilandi. Bu tizimga energetika nazorati böyiça ikki yil “favqulodda tartibda” işlaş vazifasi qöyildi. Energoinspeksiya va Majburiy ijro byurosining işini takomillaştiriş, elektr va tabiiy gazga ulanişda yangiça yondaşuvlarni joriy qiliş yuzasidan topşiriqlar berildi.


Yiğilişda energetika infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Toşkent şahrining raqamli xaritasini işga tuşiriş vazifasi qöyildi. Bunda auksionga çiqarilayotgan yerlarning joylaşuvi, energetika, kommunal va ijtimoiy infratuzilma quvvati aniq körinib turadi.
Yiğilişda mutasaddilar yangi tizimni amalga oşiriş masalalari yuzasidan axborot berdi.

















