Prezident Şavkat Mirziyoyev ekologiya muammolariga bağişlangan videoselektorda Zomin toğlarida röy bergan örmon yonğinlari böyiça ham töxtaldi.

«Ekologiya bizning hayot-mamotimiz. Har bir viloyat hokimi şaxsan kelib, boş vazirga kelib taqdimot qiladi. Men özim qişloqqa borib qattiq öyga tolaman, Zominda yonğin böldi, bir boyvaççaning öğli şu işni qilibdi. Hozir prokuratura şuğullanyapti, çorasini köramiz.

Böstonliqdagi ahvol ham yaxşi emas, hammayoq çang-tözon. Bu masalani bevosita boş vazirimizga topşirganim bejiz emas», deya davlat rahbarining sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

Viloyat hokimlariga yil yakuniga qadar aholi massivlarida 855 gektar maydonga ega «yaşil maydon» hamda 585 gektar maydonda «jamoat parklari» taşkil etiş böyiça topşiriq berildi.

Toşkent viloyati – 275 gektar, Samarqand –155 gektar, Surxondaryo – 140 gektar, Jizzax – 130 gektar, Andijon – 125 gektar, Farğona – 108 gektar, Xorazm – 80 gektar, Qoraqalpoğiston – 68 gektar, Navoiy va Qaşqadaryo – 63 gektardan, Buxoro – 56 gektar, Sirdaryo va Namangan – 50 gektardan. Bunda, uşbu hududlar yer va mol-mulk soliğidan töliq ozod qilinadi.

«Har bir mahallada, daraxtlarning egasi, uni parvarişlaş uçun mas'ullar bölişi şart. Afsuski, bizda bunday tizim yöq. Yil yakuniga qadar daraxtlarni bino va inşootlar mulkdorlariga biriktiriş va kadastr pasportini taqdim etiş tizimi joriy etilsin», degan davlat rahbari.

Yiğilişda daraxtlarni kesişga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytirilişi va javobgarlik keskin kuçaytirilişi haqida ma'lum qilingan.

  • Eslatib ötamiz, avgust oyi boşida Jizzax viloyatining Zomin tumani toğlarida örmon yonğini röy bergan, yonğinni öçiriş uçun yuzlab xodimlar jalb etilgan, olov önlab gektar maydonga zarar yetkazgandi. Yonğin kelib çiqiş sababi böyiça rasmiy ma'lumot berilmagan.
  • Kun.uz bu masalada suriştiruv ötkazgan, sayt manbasi yonğin Jizzax viloyati hokimining öğli yoki Zomin tumani hokimining ukasining nomida bölgan dala hovlida olib borilayotgan quriliş (payvandlaş işlari) vaqtida kelib çiqqanini aytgandi.