Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023 yilda Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Hewshub.

“Fransiya prezidenti Makronning bu yil Özbekistonga amalga oşiradigan taşrifi amaliy ahamiyatga ega bölişi uçun ikki mamlakat hukumatlarining sa’y-harakatlari talab etiladi”, – degan Qudratov savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston–Fransiya hukumatlararo komissiyasi yiğilişida.

Taşrif amalga oşsa, Makron Özbekistonga kelgan Fransiyaning ikkinçi prezidenti böladi. Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 1993 yilda Yevropa böylab GFR, Niderlandiya, Fransiya va Buyuk Britaniyaga safar qilgan, bunga javoban 1994 yilda Fransiyaning 21-prezidenti Fransua Mitteran Samarqandga taşrif buyurgandi.

Fransua Mitteran Samarqandda / Foto: Getty Images

Ma’lumot uçun, Şavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabr va 2022 yil noyabr oylarida ikki kunlik taşrif bilan Parijda bölgan edi. Ötgan yilgi taşrifda Mirziyoyev fransiyalik hamkasbini özi uçun qulay vaqtda Özbekistonga borişga taklif qilgandi.

Özbekiston prezidenti Yevroittifoqqa a’zo davlatlar orasidan Germaniyaga ham ikki marta taşrif buyurgan. Şu hafta 3 may kuni Berlinda GFR kansleri Olaf Şols bilan bölib ötgan muzokaralarda Şavkat Mirziyoyev uni ham Özbekistonga taklif qilgandi.

Wikipedia'dagi ma’lumotga köra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taşrifi davomida Toşkent va Samarqand şaharlarida böladi.

Şuningdek, Özbekistonga Vengriya prezidenti Katalin Novak, Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Singapur prezidenti Halima Yoqubning taşriflari rejada bor.

Prezident Şavkat Mirziyoyev esa 2023 yilda Bangladeş, Gruziya, Qirğiziston va Xitoyga davlat taşrifi bilan, Hindiston, Qozoğiston va Italiyaga rasmiy taşrif bilan borişi mumkin.