Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
MSZ hududidagi loyihalar uchun 2025 yil yakunigacha 1,5 milliard dollargacha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi belgilandi. Bu yerdagi tadbirkorlar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan foydalanadi.
“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Unig faoliyat yuritish muddati 30 yil deb belgilandi.
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan Ye-auksion elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025 yil yakunigacha 1,5 milliard AQSh dollari miqdorigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
15:46 / 06.12.2025
O‘zbekistonda sanoat faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinadi
23:12 / 19.11.2025
Mahallalarda 50 ta «mikrosanoat markazi» ishga tushiriladi
12:57 / 14.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari "Made in Central Asia" brendini yaratadi
19:00 / 19.09.2025