“Dekret” pulining qança qismi budjetdan tölab beriladi? 

Faoliyat turidan qat’iy nazar yuridik şaxs taşkil qilib, faoliyat yuritayotgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarda mehnat şartnomasi asosida işlaydigan ayollarga “dekret” pulining bir qismi davlat budjeti hisobidan tölab beriladi. Umumiy tartib Mehnat kodeksiga asosan işlaydi. Deylik ayolning iş staji va oylik maoşini inobatga olgan holda, unga “dekret” puli 6 million söm çiqadi – şu summaning 2 million sömi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Qolgan qismini tadbirkor özi tölab berişi kerak.

2022 yil uçun 200 milliard söm ajratilmoqda. Bu degani qariyb 100 mingta ayolga Homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqa tölab beriladi. Agar mablağ yana zarur bölsa, hukumat tomonidan qöşimça mablağ yönaltiriş yöllari körib çiqiladi.

Bu tartib barça homilador ayollar uçun amal qiladimi?

Yöq, bunda öziga yaraşa talablar bor. Bular:

  • Nafaqaga talabgor ayol kamida uzluksiz 6 oy davomida öşa korxonada işlagan bölişi kerak;
  • Yagona milliy mehnat tizimida rasman band bölgani, korxona tomonidan mehnat daftarçasi oçilgani hamda uning buyruqlari korxona tomonidan kiritilgani hisobga olinadi;
  • Şuningdek, 6 oy davomida ayolning Davlat soliq qömitasi ma’lumotlar bazasida daromadlari va soliq tölovlari aks ettirilgan bölişi kerak;
  • Nafaqa faqatgina 2022 yilning 1 sentabridan boşlab “dekret”ga çiqqan ayollarga tölab beriladi.

Şu kategoriyalarga töğri kelgan ayollarga homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölab beriladi.

Moliya vazirligi departament direktori Gulnora Murodova / Foto: Moliya vazirligi

Qayerga murojaat qiliş kerak?

Heç qayerga murojaat qiliş şart emas, jarayon pro-aktiv (elektron körsatiladigan xizmat) tarzda amalga oşiriladi. Ayollarimiz “dekret”ga çiqişdan oldin xohlaydimi, yöqmi, tibbiyot muassasalariga murojaat qilib, “bolniçnyy list” olişadi. Tibbiyot muassasalarida ayti hamşiralar bor, ular byulleten berişdan oldin ayolimizni yagona ijtimoiy himoya reyestriga alohida röyxatdan ötkazişadi. Bitta iltimosimiz bölardi, ayollarimiz ayti hamşiralar ism-familiya va telefon raqamlarini sörab röyxatga olganda, töğri ma’lumot berişlari lozim.