Jidda şahridagi «Qasr as-Salam» saroyida Özbekiston prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Davlat rahbarini Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud kutib oldi.

Şundan söng Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud muzokaralari bölib ötdi. Uçraşuv avvalida Özbekiston yetakçisi Saudiya Arabiston podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga öz salomi va ezgu tilaklarini yetkazişni söradi.

Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi özaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Işbilarmonlar aloqalari uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, özaro savdo hajmini oşiriş, tarkibini diversifikatsiya qiliş zarurligi qayd etildi. «Bugungi tarixiy uçraşuvimiz hamkorligimizni amaliy natijalar bilan boyitiş, biznes aloqalari uçun “kuçli signal” bölişiga aminman. Davlatlarimiz tadbirkorlari muloqotimiz natijalarini intiqlik va katta qiziqiş bilan kutyapti», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident Saudiya yetakçi kompaniyalarini Özbekistondagi tijorat banklari, yirik sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylaştiriş jarayonida faol iştirok etişga çaqirdi. Energetika va neft-kimyo sohalaridagi şeriklikni kengaytirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Saudiya taraqqiyot jamğarmasi iştirokida mamlakat hududlarida transport, suv ta’minoti, elektr tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. 

Bugun Özbekiston-Saudiya işbilarmonlar kengaşi navbatdagi yiğilişi muvaffaqiyatli ötkazilgani qayd etildi. Uning yakunida energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantiriş, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va transport sohalarida umumiy qiymati 14 mlrd dollardan ortiq bölgan kelişuv va şartnomalar imzolandi.