O‘zbekiston | 09:14 / 25.09.2023
11114
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda 

YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini so‘zlariga ko‘ra, sammit kelgusi yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yil 22 sentabr kuni Belgiyaning Bryugge shahridagi Yevropa kollejida Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Yevropaning yetakchi diplomatiya akademiyasi rektori, Yevropa Ittifoqining 2014-2019 yillardagi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini hamda Diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Federika Mogerinining qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim bosqichlar kechdi, endi ular sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 

«Ikki tomonlama aloqalar tobora kengayib bormoqda, davlat rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda, kelgusi yili O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi savdo va iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, xavfsizlik va atrof-muhit, islohotlarni amalga oshirish, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlik sohalarida bir-birlari uchun qimmatli sheriklardir», dedi u.

Yevropa komissiyasi 2024 yil boshida Bryusselda bo‘lib o‘tadigan investitsiya forumiga hozirlik ko‘rayotgani va barqaror transport kommunikatsiyalarini, xususan, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan va mintaqa mamlakatlariga tashqi bozorlarga qo‘shimcha kirish imkonini beruvchi Trans-Kaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun moliyalashtirishga e’tibor qaratilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlikning eng yuqori darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

Mavzuga oid