Bu raqamlar Özbekiston Respublikasini barqaror rivojlantiriş sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgaça bölgan davrda amalga oşirilişini nazorat qiliş böyiça parlament komissiyasining 18 fevral kuni bölib ötgan majlisida oçiqlandi.

«Avtomobillarni texnik körikdan ötkaziş xususiy sektorga berilişi, ayrim joylarda tamagirlik holatlari kuzatilayotgani, mas’ullar avtomobil holatini tekşirmasdan, muayyan pul evaziga texnik körikdan ötganlik dalolatnomasi yozib berayotgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Avtomobillarning öz vaqtida yoki haqiqatan ham texnik körikdan ötkazilmagani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani oqibatida gaz ballonlari örnatilgan avtotransport vositalari bilan sodir bölgan baxsiz hodisalar soni kun sayin ortib bormoqda.

Masalan, 2019/20-yillarda bunday ballonlarga ega 11 ta transport vositasi portlagan bölsa, 2021 yilning özida uşbu körsatkiç 2 barobarga ortib, 23 tani taşkil etgan. Oqibatda sönggi 3 yilda 23 nafar inson halok bölgan, 18 nafari oğir jarohat olgan», deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati raisi /Foto: Kun.uz

Senat raisi öz çiqişida Içki işlar vazirligi avtomobillarni texnik körikdan ötkazuvçi tadbirkorlik sub’yektlari ustidan qat’iy nazorat örnatişi zarurligini alohida ta’kidladi.

«Avtotransport vositalariga siqilgan tabiiy gaz ballonlarini noqonuniy ravişda örnatiş va ularni öz vaqtida texnik körikdan ötkazmaslik holatlari yildan yilga köpaymoqda. Senatning kuni keça bölib ötgan yigirma uçinçi yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan uşbu muammolar kötarilib, hukumatga parlament sörovi yuborildi», deydi senator Qutbiddin Burhonov.

Qutbiddin Burhonov, senator / Foto: Kun.uz

Içki işlar vazirining örinbosari Bekmurod Abdullayevning ma’lum qilişiça, bugungi kunda respublika böyiça 1275 ta “metanzapravka”lar, 1078 ta avtomobillarga gaz quyuvçi şoxobça, maşinalarga gaz ballon jihozlarini örnatiş va ularga texnik xizmat körsatiş, sinovdan ötkaziş bilan şuğullanuvçi 150 ta taşkilot, gaz ballon işlab çiqaruvçi 3 ta zavod faoliyat körsatmoqda. Ularning faoliyati Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori bilan tartibga solingan. Neftgaz inspeksiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi, IIV YHXX gaz ballonlarini işlab çiqariş, texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, örnatiş va boşqa qoidalarga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş uçun mas’ul etib belgilangan.