Şifokorlar, harbiylar, jamoatçilik, turli idoralar vakillari va OAV iştirokida Suriyadan qaytarilgan 98 nafar özbekistonlik kutib olindi. Samolyot zinasidan yiğlab tuşib Özbekiston tuproğini öpayotgan 25 ayolning yonida 73 nafar bolalarning borligi, ularning 14 nafari çin yetim ekanligi operatsiyaning insonparvarlik ahamiyatini tuşuntirgandek böladi.

Zero, 2019 yilda «Mehr» operatsiyalari doirasida jami 220 kişi Özbekistonga qaytarilişi turliça talqin qilingan, ularga bölgan e'tibordan hayron bölingani ham haqiqat. Ammo özi tuşunmagan ğoyalar ortidan Yaqin Şarq talotöplarida sarson bölgan özbekistonliklarning bolalarida gunoh yöq. Aynan mana şu jihat bu masalaga davlat darajasida e'tibor qaratilişiga sabab böldi. Yana bir tomoni, hamma davlatlar ham öz fuqarolarini qaytarişga oşiqmadi. Pandemiya davri, jangovar harakatlar hanuz davom etayotganiga qaramay bu operatsiya amalga oşirilgani uzoq davom etgan diplomatik jarayonlar natijasidir.

«Mehr-3» operatsiyasi doirasida qaytarilganlar bugunning özida maxsus sanatoriylarga joylaştirilib, issiq ovqat va kiyim-keçak bilan ta'minlanadi. Endi ular bilan şifokorlar, ruhşunoslar va ustozlar muntazam iş olib boradi.

Şuningdek, ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça ham tegişli işlar amalga oşiriladi. Kelgusida esa ularning tinç hayotga qaytib, jamiyatga tölaqonli ijtimoiy moslaşuvi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiladi.

Özbekistondagi manzaradan hayratga tuşayotgan, biror hamrohsiz yolğiz yurgan bolani suhbatga tortdik. U özbek tilining bizda uçramaydigan lahjasida quyidagilarni gapirdi:

– Otam halok bölgan, onam ham yöq. Men otamning ikkinçi xotini qölida qoldim. Asli qöqonlikmiz. Özbekistondan kiçkinaligimizda ketganman. Ozgina eslayman xolos...