Vaziyatga qarab kirish imtihonlari kechiktirilishi ham mumkin - DTM
2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddati 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq hozirgi vaziyatning qancha va qanday davom etishi test boshlanishi muddatiga ham ta'sir qilishi mumkin.
Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan onlayn brifingda DTM bo‘lim boshlig‘i Farhod Mirzayev joriy yil kirish imtihonlarini tashkil etish borasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.
Farhod Mirzayev kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilayotgani, biroq karantin vaziyatiga qarab imtihonlar kechikishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
«2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddati 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq hozirgi vaziyat qancha va qanday davom etishi test boshlanishi muddatiga ham ta'sir qilishi mumkin. Bunda karantin cheklovlari davomiyligi va abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tish ko‘rsatkichi hisobga olinadi», dedi DTM vakili onlayn brifingda.
Brifingda imtihon o‘tkaziladigan binolarning tayyorlanishi haqida ham ma'lumot berildi. Ma'lum qilinishicha, har bir binoda bir smenada ko‘pi bilan 754 nafar abituriyent uchun joy ajratiladi, binolar kun davomida 4 marta dezinfeksiya qilinadi.
Bundan tashqari, imtihonlar uchun nazoratchilarni saralab olish jarayoni haqida ham ma'lumot berildi.
«Hozirga qadar guruh nazoratchiligi uchun 5300dan oshiq nazoratchilar taklif etilgan, ularning 2000ga yaqini masofaviy tarzda o‘qitildi. Imtihon boshlanguncha 3000 nafar nazoratchi saralab olinishi rejalashtirilgan», deya qayd etdi Farhod Mirzayev.
Bundan avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JPMorgan: Trampning bojlarni ko‘rib chiqishi turg‘unlik xavfini kamaytirmadi
Jahon | 13:38
-
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
Iqtisodiyot | 13:31
-
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi
Jahon | 13:23
-
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

08:22 / 12.09.2023