«Samarqand şahrini 1 million aholi yaşaydigan yirik şaharga aylantiriş uçun Samarqand, Past Darğom, Tayloq va Oqdaryo tumanlari hududidan 18 ming gektar yer maydonini qöşib beriş va viloyat ma'muriy markazini Gulobod qörğoniga köçiriş böyiça taklifni qöllab-quvvatlayman.

Ana şunday yöl tutmasak, Samarqandda turizmni köngildagidek rivojlantira olmaymiz. Şahar içidan barça davlat idoralarini köçiramiz. Ma'muriy markaz Gulobod qörğonida böladi. Şahar içida faqat turistlar bemalol aylanib yuradigan bölişadi.

Ramatov, Zakirov, Turdimov çet ellik loyihaçilarni jalb qilgan holda, yil yakuniga qadar Samarqand şahrining kengayişini hisobga olib, boş reja loyihasini işlab çiqadi.

Şaharda boşqaruv tizimini yaxşilaş maqsadida, kelgusi yildan Samarqand şahri tarkibida 5ta (Söğdiyona, Siyob, Boğişamol, Maroqand va Qorasuv) yangi tuman taşkil etiladi. Men hali bu masalani yana yaxşilab öylab körib, batafsil örganib, yakuniy nuqta qöyaman.

Buning uçun çet el loyiha institutlarini jalb qilamiz. Şoşilmasdan, sinçiklab örganib, deputatlarga, xalqimizga taqdim qilib, şundan keyin 2022 yilda işni boşlaymiz. Yangiça yaşayapmizmi, yangiça usulda işlaşni ham örganişimiz kerak, tizim ham özgarişi kerak», – deya prezidentning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.