Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan Tojikiston orqali Samarqandga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Farg‘ona – Samarqand avtobus yo‘nalishi masofasi 618 km bo‘lib, mazkur masofani bosib o‘tish uchun 12 soat 50 daqiqa vaqt sarflanadi.
Bugun, 12 avgust kuni Farg‘ona avtoshohbekatidan Uzautotrans service korxonasiga tegishli Yutong rusumli avtobus Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishida ilk texnik qatnovni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi.
Transport vazirligi Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi mutasaddilari hamda bir guruh viloyat faollari va nuroniylar ushbu qatnov ilk yo‘lovchilari sifatida manzilga yetkaziladi.
Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishida ilk texnik qatnov Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahri orqali tranzit amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona – Samarqand avtobus yo‘nalishi masofasi 618 km bo‘lib, mazkur masofani bosib o‘tish uchun 12 soat 50 daqiqa sarflanadi.
Bundan oldin Sirdaryodan Tojikiston orqali Farg‘onaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
10:03 / 25.12.2025
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
12:09 / 23.12.2025