Sentabr oyida Toşkentda ötgan xalqaro konferensiyalarning birida, iştirokçilar öz joylarini egallayotgan mahal, erişilgan kelişuvlarni ma'qullab özini u yoq – bu yoqqa taşlayotgan davlat xizmatçisi dabdurustdan yiqilib tuşdi, deb yozadi Reuters.
Xalqaro agentlik xabariga köra, huşini yöqotgan erkakni örnidan turğazib qöyişayotganida, hamkasblari u hoynahoy jiddiy stress holatida tadbirga kelgan bölganini ta'kidlab qöyişgan.
«Yuz bergan voqea va atrofdagilarning bunga munosabati – Özbekistonda davlat xizmatçilari kuniga 15 soatdan va dam oliş kunisiz 3 yil işlaganidan keyin ayniqsa çarçoq oqibatida kelib çiqadigan muammoli holatlarga tez-tez duç kelib turadi, degan tasavvurlarni özida aks ettiradi.
Şu boisdan ham, Markaziy Osiyoning iqtisodiyoti tobora oçilib borayotgan bu davlatiga keluvçi xorijlik mansabdor şaxslar mahalliy amaldorlar bilan uçraşuvlar çoğida qöşimça noodatiy vazifa bilan töqnaş kelişadi: ulardan mezbon tomon vakillarining uyğoq ötirganiga işonç hosil qiliş talab etiladi.
«Tuş vaqtidagi uçraşuv çoğida u ikki marta uxlab qoldi», – degandi ğarb mamlakatidan kelgan moliyaçi örta darajadagi özbek amaldori bilan uçraşuvdan söng.
33 million aholiga ega sobiq sovet respublikasida hukumat işçilari orasida uzoq vaqt mobaynida şakllangan an'ana bor – ular öz boşliqlari ketmagunga qadar ofisni tark eta olişmaydi», – deyiladi xabarda.
Reuters'ning eslab ötişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev tizimdagi ana şu çarçoqni tuşungani uçun ham ötgan oy davlat xizmatçilariga şanba kunlari soat 17:00da iş joyini tark etiş va yakşanbani oila a'zolari bilan ötkaziş böyiça topşiriq bergan.
Ammo şaxsini oşkor etmaslik şarti bilan agentlikka intervyu bergan özbekistonlik rahbar xodim amalda özgariş bölmaganini aytgan.
«Lekin aslida heç narsa özgarmay qoldi. Men hali ham işga ertalab soat 8da kelib, yarim keçasi köpinça soat 1-2da uyga qaytaman. Farzandlarimni ketma-ket bir neça kun davomida körmagan paytlarim ham böladi», – degan anonim amaldorning sözlarini keltirgan Reuters.

















