Oliy Majlis Senati kengaşining 2021 yil 28 dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Arziyev Özbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi.

F.Arziyev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon işlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba töplagan.

U 2014-2017 yillarda Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi maslahatçisi, 2017-2020 yillarda Özbekistonning Hindiston va Bangladeşdagi elçisi bölgan.

Farhod Arziyev 2020-2021 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

Özbekistonning Xitoydagi sobiq elçisi Baxtiyor Saidov 17 noyabr kuni xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi.