Temiryöl mutaxassisi Ozod Tanbayevning fikriça, sohadagi muammolar faqatgina narx masalasiga boğliq emas, asosiy e’tibor samaradorlikka qaratilişi kerak. Iqtisodçi Otabek Bakirov esa temiryöl sohasi tizimli islohotlarga muhtojligini aytadi. “Oxirgi 30 yil içida sohaning boşqaruvi, iş yuritişi, tarkibi, tuzilmasida eskiça ma’muriy boşqaruv va taqsimotdan hanuzgaça foydalanib kelinadi”, – deydi u.

20 oktyabrdan boşlab mahalliy yönalişlardagi yölovçi poyezdlari çipta narxlari 1,5 barobarga, “Afrosiyob”niki esa 2 barobarga oşiriladi. “Özbekiston temiryöllari” buni bir neça yildan beri narxlar özgarişsiz qolayotgani, lekin bu vaqt davomida xarajatlar oşgani bilan izohlamoqda.

Kuni keça qabul qilingan qaror bilan, 2024 yil 1 yanvardan yölovçilarni taşiş xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga soliş töxtatiladi va sohaga bozor mexanizmlari joriy etiladi.

Xöş, narxlar oşirilişining sohaga ta’siri qanday böladi? Bu borada keyingi qadamlar nimalardan iborat bölişi lozim? Kun.uz muxbiri bu mavzuda Progressiv islohotlar markazi mutaxassisi Ozod Tanbayev va iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbatlaşdi.

“Narxlar oşsa-da, muammolar yeçilmay qolaverişidan qörqaman”

Ozod Tanbayev: Öylaşimça, narxlarning oşirilişi, şunda ham 2 barobarga oşirilişi sohada sifatning yaxşilanişi yoki infrzatuzilmaning yangilanişiga ijobiy ta’sir körsatadi deb öylamayman. Hozirgi kunda “Özbekiston temiryöllari” AJning olib borayotgan siyosati bir neça yil avval UzAuto Motors olib borgan siyosatga öxşaydi. Esingizda bölsa, ular ham “Özbekiston temiryöllari” singari bir xil iddao bilan çiqqan edi. Ya’ni bir neça yillardan beri sohada avtomobil narxlari oşirilmasdan kelyapti, bu vaqtlarda narx-navo özgarişi hamda inflatsiyani sabab sifatida körsatgan edi. Şu bilan narxlar juda qimmatlab ketdi, bu orada sifat yomonlaşsa, yomonlaşdiki, lekin yaxşilanmadi. Temiryöllarda ham şunday bölişidan qörqaman.

Narxlarning oşirilişi qaçon ijobiy bölişi mumkin, qaçonki, sohada şaffoflik ta’minlansagina. Ya’ni bu samarali korporativ boşqaruviga boğliq. Agar şu narsa töğri yölga qöyilsa, ijobiy özgarişlar kuzatilişi mumkin. Lekin hozirgi vaqtda faqatgina aholining noroziligiga erişiladi deb öylayman. Sohadagi muammo tizimli, faqat narxlar bilan boğliq emas. Biz narxlarni özgartirib, muammoga yeçim topa olmasligimizdan qörqaman.