Özbekistonda talaba va öquvçilar (litsey va kollejlar öquvçilari) uçun qişki ta’til 28 dekabrdan boşlanadi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, ta’til 2022 yilning 10 yanvarigaça davom etadi. Dars jarayonlari 11 yanvardan boşlanadi.

Bundan avvalroq Xalq ta’limi vazirligi maktab öquvçilari uçun qişki ta’til 28 dekabrdan boşlanişi haqida xabar qilgandi. Ta’til 14 kalendar kuni, ya’ni 10 yanvargaça davom etadi.

Eslatib ötamiz, Uzbekistan Airways talabalarga 50 foizlik çegirma e’lon qilgan. Uşbu çegirma 28 dekabrdan 10 yanvargaça amal qilişi közda tutilgan.

Şuningdek, «Özbekiston temir yöllari» 31 dekabrdan 2022 yilning 4 yanvargaça oliy öquv yurtlarining talabalari, maktab öquvçilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga çiptaning tarif qismidan 15 foiz miqdorida çegirma beradi.