4 fevral kuni Özbekiston Yoşlar ittifoqida Turkiyaning Özbekistondagi elçixonasi vakillari va YoI Markaziy kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Turkiya oliy ta'lim maskanlarida bepul ta'lim grantlariga bağişlangan tadbirda Xorijiy turklar va qardoş jamoalar boşqarmasi boşliği Ahmad Atabaş rahbarligidagi delegatsiya ham iştirok etdi.
Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, anjumanda «TÜRKİYE BURSLARI 2020» davlat dasturiga doir axborot berilib, Turkiya hukumati ta'lim grantlariga özbekistonlik yoşlardan hujjatlar qabuli davom etayotgani e'lon qilindi. Hujjatlar 20 fevralga qadar qabul qilinadi.
Ta'kidlanişiça, grant sohibi bölgan yoşlar Turkiyadagi eng nufuzli universitetlarda töliq bepul oliy ta'lim oliş imkoniyatini qölga kiritadi.
Hujjatlar körsatilgan sanagaça https://www.turkiyeburslari.gov.tr/ veb-sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. Buning uçun murojaat etuvçi zaruriy ma'lumotlar va hujjatlarni oldindan tayyorlab qöyişi va onlayn yuklaşlari kerak.

Bakalavr yönalişiga hujjat topşiruvçilar örta maktab, akademik litsey yoki kollej bitiruvçisi bölişi va diplom yoki attestatidagi baholar umumiy körsatkiçi 70 ball va undan yuqori bölişi zarur. Şundagina ular keyingi tanlov bosqiçiga çiqişadi.
Bu safar grant sohiblari yuzma-yuz muloqot orqali aniqlanadi. Hujjat topşirganlar soni haddan ortiq köpçilikni taşkil etgan taqdirda, ulardan yozma imtihon olinişi ehtimoli ham yöq emas.
Xöş, Turkiya hukumati davlat grantlari qanday xarajatlarni öz içiga oladi?
Xorijiy turklar va qardoş jamoalar boşqarmasi boşliği Ahmad Atabaşning sözlariga köra, grant sohibi bölganlar bir marta boriş va tahsilni tugatgandan keyingi aviaçipta, bir yillik turk tili öquv kursi, ta'lim tölovlari, turar joy, oylik stipendiyalar, barça tibbiy muassasalarda qabul qilinadigan umumiy tibbiy suğurta bilan ta'minlanadi.
Şuningdek, bu yilgi grant dasturida talabgorlardan 4 ming kişiga grant ajratilişi ma'lum qilindi.



















