Politsiya xodimlarining yaqin dösti hisoblangan, aqliy va jismoniy jihatdan kuçli politsiya itlari qaçondan odamlarga xizmat qila boşlagan. Ularni xizmatga qay holda tayyorlaşadi?

Odamlar örta asrlardan buyon itlardan jamoat tartibini saqlaş va öz boyliklarini qöriqlaş maqsadida foydalanib kelişgan.

Ammo politsiyada itlardan foydalanişni birinçi bölib 1889 yilda londonlik komissar Çarlz Uorren tomonidan yölga qöyilgan. Öşa vaqtda Çarlz bir qotilning izidan tuşadi va sinov maqsadida 2 ta itni yollaydi. Natija muvaffaqiyatsiz böladi, yollangan itlardan biri qotilni, emas komissarni tişlab, qoçib ketadi.

Keyinçalik itlardan politsiya iti maqsadida foydalaniş Belgiya, Avstriya-Vengriya va Germaniya davlatlarida yölga qöyiladi. Xizmat itlariga talab kuçayib borar ekan, köplab mamlakatlar itlarni tayyorlaş pitomnigi, ya’ni maktablarini oçişadi. Bunday maktabni birinçi bölib 1920 yilda nemis politsiyasi oçadi va unda «nemis ovçarka»larini tarbiyalaydi. Maxsus maktabda itlar muntazam ravişda öz ofitserlariga böysuniş, iskab topiş, jinoyatçilarni kuzatiş va hujum qiliş uçun örgatilgan.

Foto: pinimg.com

Ayni vaqtda politsiya xodimlari bilan yonma-yon turib xizmat vazifasini ötayotgan eng maşhur zotdor politsiya itlari — nemis ovçarkasi, şarqiy yevropa ovçarkasi, rus spaniyeli, kavkaz ovçarkasi, belgiya malinoisi, holland çöponi va labrador kabilar hisoblanişadi.

Yurtimizda içki işlar xodimlari xizmatçi itlar tarbiyalaş uçun ayniqsa nemis ovçarkasini tanlaşadi. Özi Özbekistonda xizmatçi itlarni xizmatga tayyorlaydigan pitomniklar qay ahvolda? U yerda itlarni xizmatga qay holda tayyorlaşadi?

Mana şu kabi savollarga javob oliş maqsadida biz Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi, kinologiya xizmati xizmat itlari pitomnigiga bordik.

Foto: kun.uz

Içkariga kirib borar ekanmiz, qafas içidagi itlarning tinmasdan hurişi bizni ozgina çöçitdi. Mas’ul xodimlardan nega bular hurayapti deb söraganimizda, ular «itlar begona insonni hididan tezda aniqlab oladi», deb javob berişdi.

Samarqand viloyatidagi kinologiya pitomnigida ayni vaqtda 53 ta xizmat itlari mavjud bölib, 4 xil turdagi zotlari saqlanib, xizmatga örgatiladi. Ularning eng maşhuri va boşqalaridan ajralib turadigani zotlari – nemis ovçarkasi, şarqiy yevropa ovçarkasi va malinoi turlari hisoblanadi.