Kun.uz’ga Olmazor tuman IIB amaldori Abror Xudoyberdiyevning topşiriği aks etgan audio va videolavhalar kelib tuşdi. Unda amaldor profilaktika inspektorlariga köçadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş böyiça topşiriq bergan.
Xususan, audioda Abror Xudoyberdiyev daydi topmagan xodim qarindoşini yoki özini daydi sifatida “yopişi” böyiça aytgan.
“E, profilaktika inspektorlari, men sizlarga yana qayta aytyapman, daydi nol bölib turibdi! Vijdonsiz, daydi yöqmi Olmazor tumanida? Daydi qil hozir!
Hamma narsada nol bölib yotibdi protokollar: majburiy davolaşga joylaştirişing nol, daydi nol, ma’muriy bayonnomang nol, ma’muriy nazorat nol!
Nima, özlaringdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz! Qani bittang daydi qilma-çi. Özingni daydi qilib olib borib yop, qarindoşingni olib borib yop daydi qilib! Özing daydi bölasan!” degan u.
Şuningdek, amaldor videolavhada 300 ta qilişi kerakligini aytib, barça xodimga köçaga çiqiş topşiriğini bergan.
“1 soat vaqtimiz qoldi. 22:00 da hisob-kitob böladi. Men borişni xohlamayman. “Davay”, hozir “gazlaymiz”, 300 taga çiqdi, 200 ta protokolimiz qoldi, çiq hammang köçaga!” degan Abror Xudoyberdiyev öz topşiriğida.
IIV matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban holat örganib çiqilişini ma’lum qildi.
















